O'zbekiston

Jizzaxda haydovchi eshakni mashinada sudradi

Holat yuzasidan haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi.

Jizzaxda haydovchi eshakni mashinada sudradi

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida fuqaro avtomashinasi ortida eshakni sudrab ketayotgani aniqlandi. Bu haqda “Zamon” dasturi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etgach, viloyat ichki ishlar organlari haydovchini aniqlab, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

 

Haydovchining aytishicha, u Namangan viloyati Pop tumanidan ko‘chat olib kelayotganida avtomashinasida nosozlik yuzaga kelgan. Keyin haydovchi eshak dimiqib qolmasligi uchun yukxonadan uni tushirgan. Haydovchi transport vositasi tuzatilganidan so‘ng eshakni yana yuklash uchun sharoit paydo bo‘lmagani u sabab uni 100- 150 metrgacha sudrab borgan. Haydovchi o‘z harakatidan pushaymon ekanini bildirgan.

 

Hodisa yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar sudga yuborilgan va qonuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Mazkur moddaga ko‘ra, hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi mumkin. Agar huquqbuzarlik takror sodir etilsa yoki hayvonning o‘limiga olib kelsa, jazo yanada qattiqlashadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda haydovchi eshakni mashinada sudradi | Zamon.uz