Jahon

Kobulda giyohvandlar shifoxonasi portlatildi: 400 kishi halok bo‘ldi

“Tolibon” Pokistonni giyohvandlar davolanadigan shifoxonaga zarba berganlikda aybladi.

Kobulda giyohvandlar shifoxonasi portlatildi: 400 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston hukumati Pokiston harbiylarini Kobul shahridagi giyohvandlikdan davolash shifoxonasiga havo hujumi uyushtirib, kamida 400 kishining o‘limiga sabab bo‘lganlikda aybladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

“Tolibon” hukumati vakillariga ko‘ra, zarba Kobuldagi “Umar” nomli reabilitatsiya markaziga mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida berilgan. Matbuot kotibi o‘rinbosari Hamidulloh Fitratning bildirishicha, 2000 o‘rinli shifoxonaning katta qismi vayron bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlar hujum oqibatida kamida 400 kishi halok bo‘lganini, yana 250 ga yaqin fuqaro jarohatlanganini ko‘rsatmoqda. Qutqaruv xizmatlari voqea joyida yong‘inni o‘chirish va vayronalar ostidan jasadlarni chiqarish ishlarini davom ettirmoqda.

 

Voqea guvohi, shifoxona qo‘riqchisi Omid Stanikzay hujumdan oldin osmonda harbiy samolyot ovozlari eshitilganini aytdi. 

 

“Atrofimizda harbiy qismlar bor edi. Ushbu harbiy bo‘linmalar samolyotga qarata o‘q uzganida, samolyot bomba tashlagan va yong‘in chiqqan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi tinch aholi vakillari edi”, — dedi u.

 

“Tolibon” rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ushbu zarbani keskin qoralab, Pokistonni Afg‘oniston havo hududini buzishda va tinch obyektni nishonga olishda aybladi. U bu holatni “xalqaro tamoyillar va insoniyatga qarshi jinoyat” deb atadi.

 

Pokiston tomoni esa ayblovlarni rad etdi. Bosh vazir Shahboz Sharif matbuot kotibi Musharraf Zaydiy Kobulda hech qanday shifoxona nishonga olinmaganini bildirib, bu da’volarni “asossiz” deb atadi.

 

Pokiston Axborot vazirligi bayonotiga ko‘ra, 16-mart kuni amalga oshirilgan zarbalar faqat harbiy obyektlar va terrorchilik infratuzilmasiga qaratilgan. Rasmiylar ushbu obyektlar Kobul va Nangarhor viloyatlarida joylashgan bo‘lib, Pokistonga qarshi hujumlarda foydalanilganini da’vo qilmoqda.

 

Shuningdek, Islomobod Afg‘onistonni Pokistonda faoliyat yuritayotgan “Tahriki Tolibon Pokiston” jangarilariga boshpana berishda ayblab kelmoqda. “Tolibon” rasmiylari esa bu iddaolarni bir necha bor inkor etgan.

 

Hozircha voqea yuzasidan mustaqil manbalar orqali tasdiqlangan yakuniy ma’lumotlar mavjud emas. Vaziyat ikki davlat o‘rtasidagi taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Kobulda giyohvandlar shifoxonasi portlatildi: 400 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz