O'zbekiston

Ko‘chmas mulk va transport sotuvida hisob-kitoblar endilikda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

1 apreldan ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida tasdiqlanadi.

Ko‘chmas mulk va transport sotuvida hisob-kitoblar endilikda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

O‘zbekistonda Prezidentning 2025 yil 10 dekabrdagi PF-246-sonli farmoniga binoan ko‘chmas mulk va transport vositalarini sotib olish va sotishda hisob-kitoblar tizimi o‘zgardi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, endilikda bu operatsiyalar nafaqat notarius orqali, balki banklar bilan elektron ma’lumotlar almashish orqali amalga oshiriladi.

 

Farmonda naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab berilgan.

 

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi 2026 yil 16 martda  notariuslar va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashish tartibini tasdiqladi.

 

Qoidalarga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab:

 

— ko‘chmas mulk obyektlari,

 

— ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifadagi transport vositalari,

 

— maxsus avtotransport vositalari sotib olinganda, hisob-kitoblar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar orqali aniqlanadi.

 

Yangi tartibga muvofiq:

 

— Xaridor yoki uning vakili bangga yozma yoki elektron ariza bilan murojaat qiladi;

 

— Bank pul mablag‘larini eskrou hisobvarag‘iga kiritadi;

 

— Kredit asosida amalga oshirilsa, bank notariusga elektron ma’lumot yuborishi shart;

 

— Xaridorning bank hisobvarag‘i eskrou hisobvarag‘i sifatida foydalanilishi mumkin;

 

— Notarius mablag‘lar mavjudligini elektron tarzda tekshirib, shartnomani rasmiylashtiradi;

 

— Mablag‘lar sotuvchiga o‘tkaziladi yoki so‘rovga ko‘ra naqd shaklda taqdim etiladi.

 

“Adliya vazirligi va banklar hamkorligida amalga oshiriladigan bu tizim aholi uchun hisob-kitoblarning shaffofligini va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ko‘chmas mulk va transport sotuvida hisob-kitoblar endilikda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi | Zamon.uz