Jahon

Mujtabo Xomanaiy AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan — The Telegraph

Ma’lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

Mujtabo Xomanaiy AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan — The Telegraph

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar vaqtida omon qolgan. Bu haqda The Telegraph hujum vaqtida yozib olingan audioga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 28-fevral kuni Mujtabo Xomanaiy otasi Ali Xomanaiy bilan Tehrondagi majmuada bo‘lgan. Biroq zarbalar berilishidan sal oldin u hovliga chiqqan va hujum paytida binoda bo‘lmagan.

 

Hujum oqibatida Ali Xomanaiy, shuningdek, Eron xavfsizlik tizimiga mansub qator yuqori lavozimli shaxslar halok bo‘lgan. Ular orasida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur hamda mudofaa vaziri Aziz Nasirzade borligi aytilgan.

 

The Telegraph Eronning sobiq rahbari idorasi protokol xizmati rahbari Mazohir Husayniyning yuqori martabali ruhoniylar va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondonlariga qilgan murojaatining audioyozuvi borligini ma’lum qildi.

 

"Xudoning irodasi bilan Mujtabo hovliga chiqib, nimadir qilishiga to‘g‘ri keldi. Mujtabo tashqaridaligida dushman binoga raketa bilan zarba berdi", deyiladi audioyozuvda. 

 

Husayniyning so‘zlariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy zarba natijasida oyog‘idan yengil jarohat olgan. U bir vaqtning o‘zida majmuaning bir nechta obyektlariga zarba berilgani va hujum Xominaiy oilasini to‘liq yo‘q qilishga qaratilgani ta’kidlagan.

 

Mazkur audioyozuv Xomanaiyning sog‘lig‘i va mamlakatni boshqarish qobiliyati borasida savollar kuchaygan bir paytda tarqaldi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa uning tirikligi yoki o‘lgani noma’lumligini bildirgan.

 

Ayrim eronlik rasmiylar esa oliy rahnamoning holati yuzasidan aniq ma’lumot mavjud emasligini ma’lum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mujtabo Xomanaiy AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan — The Telegraph | Zamon.uz