O'zbekiston

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilishi aytilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilishi aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda navbatdan tashqari attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etgan pedagoglar maktab rahbariyati tomonidan ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktab rahbariyati yoki boshqa mansabdor shaxslarning pedagoglar oldiga ishdan bo‘shash kabi talablarni qo‘yishi qonunchilik talablariga mutlaqo zidligini bildirdi.

 

Rasmiy munosabatda qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga ko‘ra, navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashgan va o‘ta olmagan pedagoglarning malaka toifasi tushirilmaydi hamda ularga amaldagi o‘z malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanishida davom etiladi. 

 

Shunday ekan navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball to‘play olmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi hech qanday qonuniy asosga ega emas.

 

“Amaldagi tartibga ko‘ra, faqatgina oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis lavozimidagi pedagoglar majburiy attestatsiya sinovlarida qatnashib undan o‘ta olmagan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinishi mumkin. Bunda ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, mazkur pedagoglar navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta qatnashish huquqiga ega”, deyiladi vazirlik xabarida.

 

Shuningdek, xabarda mazkur imkoniyatlardan keyin ham pedagogning attestatsiya sinovlarida salbiy natija qayd etishi xodim bilan mehnat shartnomasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos bo‘lishi keltirilgan.

 

Shu bilan birga, yuqoridagi holatdan boshqa hech bir holatda pedagoglarning attestatsiya sinovlaridagi salbiy natija qayd etishi ularning mehnat shartnomasini bekor qilinishiga asos bo‘lmasligi ta'kidlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.