O‘rta yer dengizida ekipajsiz suzib ketayotgan Rossiya gaz tashuvchisi ekologiyaga xavf tug‘dirmoqda
“Arktik Metagaz” kemasi Malta hududiy suvlariga yaqin joyda Ukrainaning dron-katerlari tomonidan hujumga uchragan.

Italiya, Fransiya va yana yetti davlat Evrokomissiyaga maktub yuborib, O‘rta er dengizida ekipajsiz suzib ketayotgan “Arktik Metagaz” gaz tashuvchi kemasi atrof-muhit va dengiz xavfsizligi uchun jiddiy tahdid solishi mumkinligini ogohlantirdi. Davlatlar tezkor choralar ko‘rishga chaqirdi.
Rossiya TIV bayonotida kema bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishda qirg‘oqbo‘yi davlatlar mas’ul ekanligini bildirdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 3-mart kuni Murmanskdan yo‘l olgan “Arktik Metagaz” Malta hududiy suvlariga yaqin joyda Ukrainaning ukrainalik dron-katerlari tomonidan hujumga uchragan. Kema ekipaji uni tark etgan paytda tanklarda yonilg‘i va katta miqdorda tabiiy gaz qolgan.
Hozirda kema O‘rta er dengizida ekipajsiz suzib ketmoqda, jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lib, unda yong‘in kuzatilmoqda. Malta rasmiylari bir necha kun davomida suzib ketayotgan kemaning boshqa kemalar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida ogohlantirib kelmoqda.








