O'zbekiston

O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordami yubordi

O‘zbekiston tomonidan yuborilgan gumanitar yuklar oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalardan iborat bo‘lib, ular Eronning Daragaz shahrida rasmiylarga topshirildi.

O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordami yubordi

16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yetkazildi.

 

Ma’lum qilinishicha, yordam tarkibidan un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i va turli konservalar kabi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek dori vositalari hamda tibbiy buyumlar o‘rin olgan. Bir nechta yuk mashinalarida jo‘natilgan insonparvarlik yuki allaqachon manzilga yetkazilgan.

 

Yuklarni Daragaz shahrida qabul qilib olish marosimida mahalliy hokimiyat vakillari, jumladan shahar hokimi Mujtaba Bazmara, shuningdek Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi vakolatxonasi rahbari Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba ishtirok etgan.

 

Vazirlik yuklarning aniq hajmi va ularni yetkazishda qatnashgan O‘zbekiston tomoni vakillari haqida batafsil ma’lumot bermagan. Shu bilan birga, e’lon qilingan suratlarda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan Ravshanbek Alimovning insonparvarlik yuklarini topshirish jarayonida ishtirok etgani aks etgan.

 

Rasmiylar tadbir davomida Eron xalqiga ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan. Ularning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining ifodasi hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlangan edi. Eron esa javoban Isroil hamda AQShning mintaqadagi harbiy obyektlariga raketa va dronlar orqali zarbalar bergan. Uchinchi haftaga kirgan mojaro oqibatida 2 mingdan ortiq inson halok bo‘lgani, qurbonlarning aksariyati Eron va Livan hududlariga to‘g‘ri kelayotgani aytilmoqda.

 

Mazkur mojaro Yaqin Sharq mintaqasida beqarorlik kuchayishiga hamda global energiya bozorlarida narxlar o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordami yubordi | Zamon.uz