O'zbekiston

O‘zbekistonda kredit reklamalarida uni to‘lay olmaslik haqida ham ogohlantirish beriladi

Ushbu o‘zgarish aholining kredit xatarlariga oid xabardorligini oshirish va mas’uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda kredit reklamalarida uni to‘lay olmaslik haqida ham ogohlantirish beriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalarida qarzni o‘z vaqtida to‘lamaslik oqibatlari haqida majburiy ogohlantirish kiritish nazarda tutilgan qonun loyihasi 17-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ta’kidlanishicha, hozirda mikroqarzlar reklamasida iste’molchilarning e’tibori asosan kreditni tez va oson olish imkoniyatiga qaratilmoqda. Biroq, bunday yondashuv kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy majburiyatlar va xatarlar haqida yetarli axborot bermaydi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 43-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, kreditlar, jumladan mikroqarzlar reklamasida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi matn joylashtirilishi majburiy etib belgilanmoqda. Ushbu ogohlantirish reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallashi lozim.

 

Qonun tashabbuskorlari ushbu o‘zgarishlar moliyaviy xizmatlar reklamasini yanada tartibga solish, aholining kredit xatarlariga oid xabardorligini oshirish va mas’uliyatli qarz olish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

 

Ayni paytda amaldagi qonunchilikka ko‘ra, moliyaviy xizmatlar reklamalari iste’molchilarning ishonchini suiiste’mol qilmasligi, ularning tajribasi va bilim yetishmasligidan foydalanishga qaratilmasligi hamda xizmatlarning muhim shartlarini ochib berishi shart.

 

custom img

Soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan fuqarolarning elektr to‘lovi cheklanadi

Mazkur tizim tajriba tariqasida Namangan viloyatida joriy qilinadi.

custom img

O'zbekistonda Xitoy o‘yinchoqlarida bolalar uchun xavf aniqlanib, savdodan chiqarilmoqda

O‘yinchoqlar bola so‘lagi va ter ta’siriga chidamsiz bo‘lib, ulardan zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqishi mumkinligi aniqlandi.

custom img

Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilishi aytilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaziyat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

custom img

“Energosavdo” muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga pora olayotganda qo‘lga olindi

U elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaroning 1,8 mlrd so‘m miqdordagi jarima summasini 210 mln so‘mga tushirib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Ko‘chmas mulk va transport sotuvida hisob-kitoblar endilikda naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

1 apreldan ko‘chmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdi shartnomalari taraflar o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha banklar tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlar asosida tasdiqlanadi.

custom img

Soxta xayriya orqali terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlandi

Buxoroda fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali xayriya mablag‘lari yig‘ib, ularni ekstremistik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirgani fosh etildi.

custom img

Jizzaxda haydovchi eshakni mashinada sudradi

Holat yuzasidan haydovchiga qonuniy chora ko‘rildi.

custom img

Toshkentda FVB xodimi olgan porasini qaytarayotgan paytda ushlandi

Xodim xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha ijobiy xulosa berishni va’da qilib, 6,5 million so‘m olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"