O'zbekiston

O'zbekistonda Xitoy o‘yinchoqlarida bolalar uchun xavf aniqlanib, savdodan chiqarilmoqda

O‘yinchoqlar bola so‘lagi va ter ta’siriga chidamsiz bo‘lib, ulardan zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqishi mumkinligi aniqlandi.

O'zbekistonda Xitoy o‘yinchoqlarida bolalar uchun xavf aniqlanib, savdodan chiqarilmoqda

O‘zbekistonning bir qator hududlaridagi savdo shoxobchalarida nazorat xaridlari o‘tkazilib, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yinchoqlar sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istondagi nazorat jarayonida Xitoyda ishlab chiqarilgan “BABY RATTLE TOYS” va “LOVLEY BABY” o‘yinchoqlari laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi. Xulosaga ko‘ra, ushbu mahsulotlar:

 

 

— mexanik zo‘riqishlarga chidamsiz;

 

— foydalanish jarayonida tez buziladi va iste’mol xususiyatlarini yo‘qotadi;

 

— bolalarning jarohatlanish xavfini oshiradi;

 

— dekorativ qoplamasi nam muhit, bola so‘lagi va ter ta’siriga chidamsiz bo‘lib, zararli kimyoviy moddalar ajralib chiqishi mumkin.

 

Shuningdek, Toshkent viloyatidagi nazorat xaridlarida “Malenkiy povar play the game” va “Yonuvchi o‘yinchoq” mahsulotlari tekshirilib, ularning mexanik chidamliligi pastligi, tez buzilishi va texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlangan.

 

 

Namangan viloyatida esa Xitoydan import qilingan “Crystal mud” slaym o‘yinchog‘ining sifatsizligi, tarkibida zararli elementlar miqdori yuqoriligi va yorlig‘idagi ma’lumotlarning yetarli emasligi qayd etilgan.

 

 

Xabarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan savdo subyektlariga ogohlantirishlar yuborilgani, xavfli mahsulotlar savdodan chiqarilib, ularning realizatsiyasi to‘xtatilgani ta'kidlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.