O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimida hamda iftorlikda ishtirok etib, nutq so‘zladi

Davlat rahbari ushbu majmua ilm-fan, maʼrifat va tarixiy merosni oʻrganish hamda targʻib qilishda muhim rol oʻynashini qayd etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimida hamda iftorlikda ishtirok etib, nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ning rasmiy ochilish marosimi hamda iftorlik tadbirida ishtirok etib, nutq soʻzladi.

 

Tadbirga hududlardagi studiyalar orqali nuroniylar, olim-u ulamolar, keng jamoatchilik vakillari ulandi. Shuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar vakillari, diplomatik korpus namoyandalari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari marosimda qatnashdi.

 

Davlat rahbari tadbir avvalida butun xalqimizni muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, yurtimizga tinchlik, baraka va farovonlik tiladi.

 

Taʼkidlanganidek, Ramazon oyi mehr-oqibat, saxovat va ezgulik fazilatlarini mustahkamlaydigan muqaddas davr hisoblanadi. Shu kunlarda davlat va nodavlat tashkilotlari, xayriya fondlari hamda saxovatli tadbirkorlar tomonidan kam taʼminlangan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga keng koʻlamli yordam koʻrsatilayotgani qayd etildi.

 

Prezident hozirgi murakkab va tahlikali davrda tinchlikning naqadar ulugʻ neʼmat ekanini alohida taʼkidladi. Oʻzbekistonning 38 milliondan ziyod aholisi yagona xalq, ahil oila boʻlib yashayotgani mamlakatning eng katta boyligi ekani qayd etildi.

 

Shuningdek, bugungi kun xalqimiz hayotidagi muhim tarixiy voqea – Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi bilan ham ahamiyatli ekani taʼkidlandi. Davlatimiz rahbari ushbu majmua mamlakatimizning koʻp ming yillik boy tarixi va madaniy merosini aks ettiruvchi ulkan ilmiy-maʼrifiy maskan ekanini qayd etdi.

 

Markaz salkam 10 gektar hududda joylashgan boʻlib, majmuaning umumiy foydalanish maydoni 50 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Unda “Oʻzbekiston zaminida islomgacha boʻlgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiya zallari tashkil etilgan. Muzey ekspozitsiyasini boyitish maqsadida minglab tarixiy eksponatlar, jumladan qadimiy qoʻlyozmalar, arxeologik topilmalar va tarixiy xaritalar jamlangan.

 

Majmuaning asosiy zali – Qurʼon zalida dunyodagi eng qadimiy qoʻlyozmalardan biri boʻlgan muqaddas Usmon Musʼhafi alohida oʻrin egallagan. Shuningdek, turli davrlarga oid noyob Qurʼon qoʻlyozmalari ham namoyish etilmoqda.

 

Tadbir davomida Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim ilmiy va maʼnaviy markaz boʻlishi taʼkidlandi. Bu yerda xalqaro tashkilotlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish, noyob qoʻlyozmalarni oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish rejalashtirilgan.

 

Soʻz yakunida davlatimiz rahbari ushbu maskan yosh avlodni maʼrifat, ilm-fan va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan muhim markaz boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

 

Tadbir yakunida iftorlik marosimi oʻtkazildi. Qurʼoni karim tilovat qilinib, muqaddas Ramazon oyida qilinayotgan ibodatlar qabul boʻlishi, xalqimiz va Vatanimiz tinchligi uchun duolar qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimida hamda iftorlikda ishtirok etib, nutq so‘zladi | Zamon.uz