O'zbekiston

Soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan fuqarolarning elektr to‘lovi cheklanadi

Mazkur tizim tajriba tariqasida Namangan viloyatida joriy qilinadi.

Soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan fuqarolarning elektr to‘lovi cheklanadi

16-apreldan boshlab Namangan viloyatida jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 1 million so‘mdan oshgan taqdirda, elektr energiyasini to‘lash imkoniyati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tizim tajriba tariqasida Namangan viloyatida amaliyotga tatbiq etiladi va “Soliq billing” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ishlaydi.

 

Qarzdor fuqarolar bir necha bosqichda ogohlantiriladi. Jumladan, avvalo soliq hisoblangani haqida xabarnoma, keyin SMS orqali eslatma yuboriladi. Agar fuqaro “Soliq” mobil ilovasidan foydalansa yoki my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti mavjud bo‘lsa, xabar shu kanallar orqali ham yetkaziladi. 

 

Shu bilan birga, SMS orqali elektr to‘lovi cheklanishi mumkinligi haqida ogohlantirish ham yuboriladi. Ushbu SMSdagi havola orqali soliq qarzdorligi qachon shakllangani va ogohlantirish qaysi bosqichda ekanini fuqaro kuzatib borishi mumkin.

 

Agar barcha ogohlantirishlarga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmasa, fuqaroning elektr to‘lovi vaqtincha cheklanadi. Qarzdorlik yo‘q qilingach, cheklov darhol bekor qilinadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan fuqarolarning elektr to‘lovi cheklanadi | Zamon.uz