O'zbekiston

Soxta xayriya orqali terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlandi

Buxoroda fuqaro ijtimoiy tarmoqlar orqali xayriya mablag‘lari yig‘ib, ularni ekstremistik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirgani fosh etildi.

Soxta xayriya orqali terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlandi

So‘nggi vaqtlarda xayriya va ehson niqobi ostida terrorizmni moliyalashtirish holatlari kuzatilayotgani aniqlandi. 

 

Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik shaxs soxta xayriya orqali 663 ming dollar mablag‘ yig‘ib, uning bir qismini xalqaro terroristik tashkilotlar — “Katiba at-tavhid val-jihod” va HAMASga o‘tkazgan.

 

Shuningdek, Buxoroda 1999-yilda tug‘ilgan shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali xayriya mablag‘lari yig‘ib, ularni ekstremistik faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirgani aniqlangan. Ushbu jarayonga uning otasi ham jalb etilgan. 

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha bir necha shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 155-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ota sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilgan, gumonlanuvchi o‘g‘ilga nisbatan esa qidiruv e’lon qilingan.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayrim guruhlar internet orqali, jumladan, gumanitar yordam yoki ehson sifatida mablag‘ yig‘ib, ularni noqonuniy maqsadlarga yo‘naltirmoqda. Bunda yig‘ilgan mablag‘larning faqat kichik qismi xayriyaga sarflanib, qolgan qismi terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan fuqarolarga xayriya qilishda faqat rasmiy va ishonchli manbalardan foydalanish, mablag‘lar haqiqatan ham muhtojlarga yetib borishiga ishonch hosil qilish tavsiya etilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Soxta xayriya orqali terrorizmni moliyalashtirish holatlari aniqlandi | Zamon.uz