O'zbekiston

Toshkentda FVB xodimi olgan porasini qaytarayotgan paytda ushlandi

Xodim xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha ijobiy xulosa berishni va’da qilib, 6,5 million so‘m olgan.

Toshkentda FVB xodimi olgan porasini qaytarayotgan paytda ushlandi

Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘limi inspektori MChJ rahbaridan 6,5 million so‘m olganligi aniqlandi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, inspektor Olmazor tumanidagi xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati bo‘yicha vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa berishni va’da qilgan, ammo so‘ngra turli bahonalar bilan va’dasini bajarmagan.

 

Fuqarolar pulni qaytarishni talab qilganidan so‘ng, Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Inspektor oldindan olgan pulni qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov jarayonlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda FVB xodimi olgan porasini qaytarayotgan paytda ushlandi | Zamon.uz