O'zbekiston

Afg‘onistondan olib kirilgan 4,5 kg gashishning savdosi to‘xtatildi

Shuningdek, Navoiyda narkolaboratoriya fosh etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Afg‘onistondan olib kirilgan 4,5 kg gashishning savdosi to‘xtatildi

Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbirlar natijasida bir qator shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Zamon.uz'ga ma'lum qildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalar hamkorligida Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tadbirda 1989-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro tekshiruvdan o‘tkazildi. Uning sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, umumiy og‘irligi 4 kg 463 gramm bo‘lgan “gashish” moddasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Tergov davomida mazkur jinoyatga aloqador bo‘lgan uning 1990-yilda tug‘ilgan ukasi ham qo‘lga olindi. U avval ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi. 

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aka-ukalar ushbu moddani Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, Farg‘ona viloyati hududida sotishni rejalashtirgan.

 

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddalari 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Shuningdek, Navoiy shahrida 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib tekshirildi. Uning yonidan 8 ta ampulada gashish moyi hamda folga qog‘ozga o‘ralgan 10 dona gashish moddasi topildi.

 

Tezkor tadbir davomida uning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, xonadonda narkolaboratoriya tashkil etilgani aniqlandi. Manzildan 34 dona izolentaga o‘ralgan gashish, 63 ta ampulada 88 gramm gashish moyi, 2 ta shpritsda 25 milligramm gashish moyi, shuningdek 640 gramm gashish moyi va 2 gramm qo‘lbola usulda tayyorlangan gashish dalil sifatida olindi. 

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Afg‘onistondan olib kirilgan 4,5 kg gashishning savdosi to‘xtatildi | Zamon.uz