O'zbekiston

Davlat grantida o‘qigan bitiruvchilar uchun majburiy ishlab berishning yangi tartibi joriy qilinishi mumkin

Bitiruvchilarning majburiy ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib alohida belgilanadi.

Davlat grantida o‘qigan bitiruvchilar uchun majburiy ishlab berishning yangi tartibi joriy qilinishi mumkin

O‘zbekistonda davlat granti asosida oliy ta’limni tamomlagan bitiruvchilar uchun amalda bo‘lgan kamida uch yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin. Bu bo‘yicha “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish kiritish taklifi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, 2005-yildan buyon davlat granti asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olgan bitiruvchilar kamida uch yil ishlab berishi shart qilib belgilangan.

 

Yangi taklifga muvofiq, ushbu qat’iy muddat bekor qilinib, bitiruvchilarning majburiy ishlab berish muddati ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib alohida belgilanadi. Bu vakolat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjatda “kamida uch yil” iborasini “majburiy” so‘zi bilan almashtirish taklif etilmoqda.

 

Bundan tashqari, nizomga qator texnik o‘zgartirishlar ham kiritilishi rejalashtirilgan. Jumladan, bitiruvchilarni ishga taqsimlashda qo‘llaniladigan “doimiy yashash joyi” atamasini “yashash joyi” bilan almashtirish nazarda tutilgan.

 

Mazkur hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun 26-martga qadar ochiq bo‘ladi. Qaror tasdiqlangan taqdirda, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.