Jahon

"Eron bizga hech qanday tahdid solmadi": AQSh Milliy aksilterrorizm markazi rahbari Eronga qarshi urush sabab iste’fo berdi

Jo Kent Eron AQSh uchun hech qanday bevosita xavf tug‘dirmaganini ta’kidlab, ma’muriyat Isroil va uning kuchli bosimi tufayli urush boshlaganini bildirdi.

"Eron bizga hech qanday tahdid solmadi": AQSh Milliy aksilterrorizm markazi rahbari Eronga qarshi urush sabab iste’fo berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatidagi yuqori lavozimli xavfsizlik xodimi seshanba kuni Erondagi urush tufayli iste’foga chiqdi va mamlakat Qo‘shma Shtatlar uchun hech qanday tahdid tug‘dirmaganini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Milliy aksilterrorizm markazini boshqargan Jo Kent, Tramp ma’muriyatida uchinchi haftada mojaro tufayli iste’foga chiqqan birinchi yuqori lavozimli amaldor bo‘ldi.

 

“Men vijdonan Eronda davom etayotgan urushni qo‘llab-quvvatlay olmayman. Eron bizning millatimizga hech qanday tahdid solmadi va biz bu urushni Isroil va uning kuchli Amerika lobbisining bosimi tufayli boshlaganimiz aniq", — deb yozgan Kent ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan xatida.

 

Ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar xalqaro urush huquqiga muvofiq urush boshlashi uchun yaqinlashib kelayotgan tahdid talab etiladi.

 

Oq uy vakili Kerolayn Levitt o‘z bayonotida Kentning Trampga yo‘llagan maktubida "yolg‘on da’volar" borligini aytdi.

 

“Prezident Tramp aniq va ravshan ta’kidlaganidek, u Eron birinchi bo‘lib Qo‘shma Shtatlarga hujum qilmoqchi ekanligiga oid kuchli va ishonarli dalillarga ega edi”, — dedi Levitt. 

 

Kent ham, terrorizmga qarshi kurash markazini nazorat qiluvchi Milliy razvedka direktori idorasi ham holat yuzasidan izoh bermadi.

 

Kent uzoq vaqtdan beri "Amerika birinchi o‘rinda" e’tiqodi bilan tanilgan va AQShning chet eldagi harbiy aralashuvlariga qarshi ekanligini aytgan.

custom img

Eron yahudiylari vakili Mujtabo Xomanaiy rahbariyatini qo‘llab-quvvatladi

Eron yahudiylari jamiyatning ajralmas qismi ekani ta’kidlanib, mamlakat rahbariyatiga nisbatan ijobiy munosabat bildirildi.

custom img

Eron AQSH bilan muzokara o‘tkazishga tayyor — WSJ

Tehron Vashingtonga AQSH bilan ziddiyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yangi taklif yuborgan. Donald Tramp taklif ma'qul kelmaganini aytdi.

custom img

Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlar to‘xtatilganini bildirdi — AP

Oq uy aprel oyi boshida e’lon qilingan sulhni Eron bilan urushning tugashi sifatida baholamoqda.

custom img

Qozog‘istonda “oltin viza” tizimi joriy etiladi

Ushbu viza egalari soliq imtiyozlari va davlat xizmatlaridan keng foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

custom img

Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi konchilik loyihasiga sarmoya kiritdi — Financial Times

Skyline Builders orqali Kaz Resources’ning 20 foiz ulushi sotib olingan.

custom img

Pentagon yolg'on ma'lumot bermoqda — Abbos Aroqchi

Eron TIV AQShning Eronga qarshi urush xarajatlarini 100 mlrd dollar deb baholadi.

custom img

Epshteynning orolidagi “masjid”ga O‘zbekistondan koshin olib kelingan — NYT

Epshteyn ushbu loyiha uchun Ka’badan keltirilgan kisvadan, Suriya me’morchiligi nusxasidan foydalangan.

custom img

Tehron xalqaro aeroportida reyslar tiklanmoqda

Hozirda 8 ta mahalliy aviakompaniya 15 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"