O'zbekiston

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ESG reytingini qo‘lga kiritdi

Kompaniya xalqaro Sustainable Fitch agentligi tomonidan baholanib, 50 balllik ko‘rsatkichni qayd etgan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ESG reytingini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonda energetika sohasida barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish doirasida “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati ilk bor ESG reytingini oldi. Bu haqda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, kompaniya 2026-yil birinchi choragida xalqaro Sustainable Fitch agentligi tomonidan baholanib, 50 balllik ko‘rsatkichni qayd etgan. Bu natija jamiyatda barqaror rivojlanish bo‘yicha institutsional asoslar shakllanganini ko‘rsatadi.

 

So‘nggi yillarda korxonada ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) yo‘nalishida tizimli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 2025-yil davomida kompaniya faoliyati tahlil qilinib, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ESG rivojlanish yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.

 

Shu bilan birga, korxonada ekologik ma’lumotlar bazasi takomillashtirildi hamda xalqaro GHG Protocol metodologiyasi asosida issiqxona gazlari tashlamalari muntazam hisoblab borilmoqda. Bu esa iqlim xavflarini samarali boshqarish va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etilmoqda.

 

2024-yil yakunlari bo‘yicha esa jamiyat tarixida ilk bor Barqaror rivojlanish hisoboti tayyorlandi. U xalqaro GRI va SASB standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, kompaniya faoliyati shaffofligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Shuningdek, ESG tizimini mustahkamlash maqsadida normativ baza takomillashtirildi, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini monitoring qilish va ma’lumotlarni oshkor etish mexanizmlari joriy etildi.

 

Kompaniya yaqin istiqbolda iqlim strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Unda chiqindilarni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va kam uglerodli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadlar belgilanadi.

 

Mutaxassislar fikricha, mazkur chora-tadbirlar energetika sohasini modernizatsiya qilish, investorlar ishonchini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ESG reytingini qo‘lga kiritdi | Zamon.uz