O'zbekiston

Prezident Samarqanddagi tashrifini Yoshlar kreativ parkidan boshladi

Shuningdek, davlat rahbari nemis tilini o'qitish markazida bo'ldi va ekofaollar bilan ham suhbatlashdi.

Prezident Samarqanddagi tashrifini Yoshlar kreativ parkidan boshladi

18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi. Davlat rahbari viloyatdagi tashrifini Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parkini ko‘zdan kechirish bilan boshladi.

 

Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda har yili 16 million tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Bahorgi mavsumda ham 6,3 million tup mevali va manzarali daraxt, buta ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilib, ayni paytda viloyatning barcha hududlarida bu jarayon davom etmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan sobiq harbiy gospital o‘rnidagi 5,4 gektar maydonda ham 70 milliard so‘mdan ortiq homiylik mablag‘lari hisobidan Yoshlar kreativ shaharchasi va jamoat bog‘i tashkil etilgan.

 

“Bu yerda madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga olingan 5 ta bino va inshoot bo‘lib, endilikda ulardan yoshlar uchun zamonaviy va raqamli kutubxona, ko‘p tarmoqli o‘quv markazi, kreativ to‘garaklar, sun’iy intellekt, 3D modellashtirish, robototexnika va kibersport o‘yinlari markazlari sifatida foydalaniladi. Axborot-resurs markazi, sport zallari, yer osti ekomuzeyi tashkil etildi”, deyiladi xabarda.

 

Xabarga ko‘ra, viloyat shaxmat federatsiyasi ham yangi bog‘da joylashgan bo‘lib, federatsiya tomonidan bu yerda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, musobaqalar o‘tkazish imkoniyati mavjud.

 

Bog‘da bolalar attraksionlari, fitness zallari, stol tennis zali, tennis kortlari, vorkaut va mini golf maydonlari barpo etilgan. Hududda Nuroniylar maskani, o‘ndan ortiq ayvonchalar qurilgan.

 

Shu bilan birga Prezident “Profi deutsch” nemis tilini o‘qitish va imtihon markazi faoliyati bilan tanishdi.

 

Markazda yoshlar nemis tilini o‘rganib, xalqaro “Telc” sertifikatini oladi. Sertifikat sohiblari Germaniyada dual kasbiy ta’limda o‘qishini davom ettiradi, bandligi ta’minlanadi. Joriy yilda bunday imtihon markazini mamlakatimizning yana beshta hududida ochish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari Shavkat Mirziyoyevga “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Loyiha doirasida 8-11-sinf o‘quvchilariga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga maxsus sertifikat beriladi.

 

Tashrid davomida “Aloqa bank” va Milliy bank konsultativ markazining tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoshlarga imtiyozli kredit ajratish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlari, Yoshlar ishlari ishlari agentligining “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi” loyihalari bilan tanishildi.

 

Davlat rahbari yoshlar bilan muloqot qildi, ularning loyihalari bilan tanishdi. Jumladan, “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan “Eco-schools Uzbekistan” loyihasida ishtirok etayotgan yosh ekofaollar 2026 yil uchun rejalari haqida so‘zlab berdilar.

“Yangi O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish korxonalarni barpo etyapmiz, yuqori daromadli ish joylari ochilyapti. Biz buni sizlarga – bilimli yoshlarga ishonib qilyapmiz. Buning uchun har daqiqangiz kelajagingiz uchun xizmat qilsin, do‘stingiz kitob bo‘lsin. Biror bilimni chuqur egallash va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun insonga diqqat, sabr-toqat, ishtiyoq kerak. Mana shu ishtiyoqingiz so‘nmasin. Sizlar berayotgan takliflar bizning islohotlarimiz g‘oyasiga mos, men har qanday taklif va tashabbuslaringizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, – dedi Prezident.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Samarqanddagi tashrifini Yoshlar kreativ parkidan boshladi | Zamon.uz