O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Jaloliddin Manguberdi" poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga bordi

Prezident Narpay tumanidagi tuproqsiz qulupnay yetishtiriladigan issiqxona bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev "Jaloliddin Manguberdi" poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi “Hyundai Rotem” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdida Samarqand shahridan Narpay tumaniga keldi hamda gidroponika usulida tashkil etilgan qulupnaychilik issiqxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi nomi bilan atalgan ushbu poyezd mamlakatimizga yetkazib berilishi rejalashtirilgan oltita “Hyundai Rotem” poyezdlaridan birinchisi hisoblanadi. Poyezd yetti vagondan iborat bo‘lib, soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.

 

Oynalari qoraytirilgan oq rangli tarkib O‘zbekiston bayrog‘ini eslatuvchi moviy, yashil va qizil rangli chiziqlar hamda “Jaloliddin Manguberdi” yozuviga ega. Poyezdning uzunligi 175 metrni, sig‘imi esa uchta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yo‘lovchini tashkil etadi.

 

Poyezd O‘zbekiston iqlimi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, changga, juda yuqori va juda past haroratlarga hamda qum bo‘ronlariga chidamli tizimlar bilan jihozlangan, uzoq masofalarga mo‘ljallangan.

 

Yaqin orada “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi Toshkent – Urganch – Xiva yo‘nalishi bo‘ylab qatnay boshlaydi. Qatnov vaqti 7 soatni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Safar chog‘ida davlat rahbari viloyat faollari, mehnat faxriylari va ilg‘or yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.

 

Narpayga kelgach, Prezident gidroponika usulida tashkil etilgan qulupnaychilik issiqxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

“Bugun gidroponika usulida mahsulot yetishtirish amaliyotiga talab katta. “Narpay qulupnay” korxonasi ana shunday innovatsion yondashuvni amaliyotga tatbiq etib, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishayotgan ilg‘or tadbirkorlik subyektlaridan biri hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

 

Loyihaning umumiy qiymati 650 ming dollarni tashkil etib, bir gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo etilgan. Mazkur issiqxonada yiliga 50 tonna qulupnay yetishtirish imkoniyati mavjud.

 

Ayni paytda korxona “Narpay qulupnaylari” brendi ostida mahsulotlarini mahalliy yirik savdo tarmoqlariga yetkazib bermoqda. Bu esa ichki bozorni sifatli va ekologik toza mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Gidroponika texnologiyasi asosida qulupnay tuproqsiz, maxsus ozuqaviy eritmalar yordamida parvarishlanadi. O‘simlik ildizlari yerda emas, balki suvni yaxshi o‘tkazuvchi kokos qipig‘i muhitida rivojlanadi. Bunda qulupnay zarur mineral moddalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri suv orqali qabul qiladi. Bu esa o‘simlikning energiya sarfini kamaytirib, o‘sish jarayonini tezlashtiradi. Hosildorlik an’anaviy usullarga nisbatan bir necha baravar yuqori bo‘ladi.

 

Shu bilan birga, gidroponika texnologiyasi kichik maydonda katta hajmda mahsulot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. Eng muhimi, tuproqdan foydalanilmasligi tufayli suv sarfi 80 foizgacha kamayadi. O‘simlik kasalliklari xavfi past bo‘lgani sababli kimyoviy vositalardan foydalanish minimal darajaga tushiriladi. Bu esa mahsulotning ekologik tozaligini ta’minlashga xizmat qiladi va bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi.

 

Issiqxonada suv tejamkor texnologiyalar joriy etilgan. Xususan, yomg‘ir suvini to‘plash va undan samarali foydalanish maqsadida katta sig‘imli suv havzasi barpo qilingan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan gidroponika uskunalari, quyosh panellari va energiya tejamkor yoritish tizimlari o‘rnatilgani ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirmoqda.

 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yil davomida barqaror yetkazib berishni ta’minlashda bunday loyihalarning ahamiyati alohida ekani ta’kidlandi. Tadbirkorning istiqboldagi rivojlanish rejalari haqida ham ma’lumot berildi.

 

Xususan, kelgusida loyihani kengaytirish, qo‘shimcha ravishda 60 gektar maydonda yangi issiqxonalar barpo etish rejalashtirilgan. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi yiliga 300 ming tonnagacha oshadi. Yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Shavkat Mirziyoyev bunday usuldagi issiqxonalarni aholi xonadonlarida ham ko‘paytirish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish muhimligini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.