O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi loyihalarni ishga tushirdi va yangilarining qurilishini boshlab berdi

Shahar va tumanlarda 106 ta yangi loyiha ishga tushirish va qurilishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi loyihalarni ishga tushirdi va yangilarining qurilishini boshlab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi doirasida hududdagi yirik loyihalarni ishga tushirish va yangi obyektlar qurilishini boshlashga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

 

Marosim doirasida viloyatda oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari, metall va mebel sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Davlat rahbari zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan tanishdi.

 

Samarqand viloyati mamlakat iqtisodiyotida strategik o‘ringa ega bo‘lib, so‘nggi yillarda sanoat hajmi izchil oshmoqda. Mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yaratilgan.

 

Marosimda ma’lum qilinishicha, shahar va tumanlarda qariyb 7 milliard dollarlik investitsiya hisobiga 106 ta yangi loyiha ishga tushirish va qurilishga tayyor. Loyihalar tog‘-kon sanoati, qurilish materiallari, avtosanoat, kimyo sanoati, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini qamrab oladi.

 

Prezident loyihalar ijrochilari va kompaniya vakillari bilan suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Ushbu loyihalar viloyat sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim omil sifatida baholandi.

 

Tadbir yakunida davlat rahbari ramziy tugmani bosib, Samarqand viloyatidagi yirik loyihalarni ishga tushirish va yangi obyektlar qurilishini rasmiy ravishda boshladi.

 

Xabarga ko‘ra, Avstriya, Xitoy, BAA, Turkiya, Hindiston va Rossiya bilan hamkorlikda 2,4 milliard dollarlik 53 ta loyiha ishga tushirildi. Shu bilan birga, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA, Turkiya, Rossiya va Eron bilan hamkorlikda 4,6 milliard dollarlik 53 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.

 

“Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 18 mingta yangi ish o‘rni yaratish, 13 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va buning natijasida 700 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa viloyat sanoatini diversifikatsiya qilish, zamonaviy ishlab chiqarish zanjirlarini kengaytirish va eksport geografiyasini yanada oshirishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi loyihalarni ishga tushirdi va yangilarining qurilishini boshlab berdi | Zamon.uz