O'zbekiston

Ramazon oyining 29 kun bo‘lishi tabiiy holat — Fatvo markazi

Bu Oy harakatiga asoslangan hijriy-qamariy taqvim bilan bogʻliq va ro‘za savobiga ta’sir qilmaydi.

Ramazon oyining 29 kun bo‘lishi tabiiy holat — Fatvo markazi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ma’lumotiga ko‘ra, Ramazon oyining ayrim yillarda 29 kun davom etishi tabiiy holat bo‘lib, hijriy-qamariy taqvimning xususiyati bilan bog‘liq.

 

Qayd etilishicha, hijriy-qamariy taqvim Oy harakatiga asoslangan bo‘lib, yangi hilol ko‘ringanidan keyingi kun yangi oyning birinchi kuni hisoblanadi. Shu sababli qamariy oylar 29 yoki 30 kundan iborat bo‘ladi, yil esa 354 yoki 355 kunni tashkil etadi.

 

Mutaxassislar ta’kidicha, ramazonning 29 yoki 30 kun bo‘lishi uning savobiga ta’sir qilmaydi va to‘liq oy hisoblanadi.

 

Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Madinada to‘qqiz yil ramazon ro‘zasini tutgan bo‘lib, ularning aksariyatida ro‘za 29 kun, ayrim yillarda esa 30 kun davom etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.