Jahon

Rossiya Eronga yordamni kuchaytirmoqda — The Wall Street Journal

Tehronga AQSH kuchlarini mintaqada nishonga olishda yordam berish uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va takomillashgan dron texnologiyasi taqdim qilinmoqda.

Rossiya Eronga yordamni kuchaytirmoqda — The Wall Street Journal

Moskva o‘zining mahalliy ishlab chiqarilgan komponentlarini Eronning Shahed dronlarini yaxshiroq zarba bera olish imkoniyatini oshirish uchun taqdim qilmoqda. Oq uy esa bu yordam urushga hech qanday ta’sir qilmayotganini bildirgan. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.

 

Wall Street Journal'ning payshanba kuni xabar berishicha, Rossiya Eron bilan razvedka almashinuvi va harbiy hamkorlikni kengaytirib, Tehronga AQSH kuchlarini mintaqada nishonga olishda yordam berish uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va takomillashgan dron texnologiyasini taqdim qilmoqda. Bu haqda nashrga masalaga yaqin manbalar ma’lum qilgan.

 

Xabarga ko‘ra, Moskva bu hamkorlik orqali urushni cho‘zish maqsadida Eronni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki urush Rossiyaga iqtisodiy va harbiy foyda keltiradi.

 

Xususan, urushning neft savdosiga ta’sir qilishi ortidan Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalar vaqtinchaga bekor qilingan edi.

 

Yevropa razvedkasining yuqori darajali xodimi Rossiya Eronni Shahed dronlarini modifikatsiya qilish uchun kerakli qismlar bilan ta’minlayotganini aytgan. Shu orqali dronlar yaxshilangan aloqa, navigatsiya va nishonga olish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqda. Shahed dronlari aslida Eron tomonidan ishlab chiqarilishiga qaramasdan Rossiya o‘zining mahalliy versiyalarini ham yaratgan.

 

Wall Street Journal va Washington Post ilgari ham Rossiya Eronga AQSH kuchlari joylashuvi haqidagi sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini berayotganini xabar qilgan. Yaqinda Wall Street Journal manbalari shunday hamkorlik yanada kuchayganini va bu Eronga mintaqadagi AQSH radar tizimlarini zarba berishga yordam berganini aytgan.

 

Kreml esa bu masala bo‘yicha izoh bermagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiya Eronga yordamni kuchaytirmoqda — The Wall Street Journal | Zamon.uz