Rossiya migrantlar uchun yangi talab joriy etishni rejalamoqda
Mamlakatga vizasiz kiruvchilar mamlakatga kirish rejasi haqida oldindan xabar berishi talab qilinishi mumkin.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyaga vizasiz kirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolar uchun yangi tartib joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Unga ko‘ra, migrantlar mamlakatga kirish rejalari haqida oldindan rasmiylarni xabardor qilishi talab etilishi mumkin.
Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, federal qonun loyihasida Rossiyaga vizasiz kirishni rejalashtirayotgan xorijiy fuqarolardan oldindan bildirishnoma yuborish talabi belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur mexanizm Rossiyaga kirayotgan xorijiy fuqarolar harakatini tartibga solish va migratsiya nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, yangi tartib Rossiyaga vizasiz kiradigan migrantlar uchun majburiy talabga aylanishi mumkin.







