O'zbekiston

Samarqandda 43 ming gektar maydonda yaylov tashkil qilinadi

Samarqand viloyatida yaylovlar, chorvachilik va turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

Samarqandda 43 ming gektar maydonda yaylov tashkil qilinadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda global iqtisodiy beqarorlik sharoitida hududlar oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari dunyodagi notinchliklar oqibatida logistika zanjirlarining uzilishi, neft narxi va transport xarajatlarining oshishi oziq-ovqat narxlariga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, xalqaro turizm bozorida qariyb 100 million sayyoh xavfsiz va barqaror yo‘nalishlarni izlayotgani qayd etildi.

 

Shu nuqtayi nazardan, hudud rahbarlari oldiga oziq-ovqat ishlab chiqarishni kengaytirish, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi imkoniyatlardan to‘liq foydalanish vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilishda chorvachilikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, viloyatda uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan 250 ming gektar yaylov yerlarini chorvadorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berish tartibi davom ettirilishi belgilandi. Mazkur ijaraning muddati yana bir yilga uzaytiriladi.

 

Shuningdek, viloyatda 52 ming gektar yaylovdan foydalanayotgan 150 nafar chorvador hamda naslli qo‘y-echki boqish istagini bildirgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rib chiqildi. Endilikda yaylov ijarasidan tushadigan mablag‘lar to‘liq yaylov xo‘jaliklarining o‘zida qoldiriladi.

 

Aholining chorvani uy sharoitida boqib, mavsumiy ravishda dalaga olib chiqish amaliyoti mavjudligi, biroq yaylovlar maydoni qisqarib borayotgani ham qayd etildi. Shu sababli viloyatning to‘rtta tumanida jami 43 ming gektar maydonda jamoat yaylovlari tashkil etilib, ular mahallalarga 30 yil muddatga bepul ijaraga beriladi.

 

Yaylov infratuzilmasini yaxshilash maqsadida quduqlar qazish, suv chiqarish, urug‘ ekish hamda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash ishlari uchun 50 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

 

Chorvachilikda naslchilikni rivojlantirish uchun laboratoriya uskunalari va naslli qoramol xaridiga 10 yil muddatga yillik 12 foizli kredit ajratish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, Samarqand viloyatida parrandachilik sohasini rivojlantirish, xususan, parranda genetikasi maktabini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. Bu yo‘nalishda Bulung‘ur tumanida 50 million dollarlik go‘sht yo‘nalishidagi naslchilik majmuasi, Qo‘shrabot tumanida esa 20 million dollarlik tuxum yo‘nalishidagi korxona tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.