O'zbekiston

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Shuningdek, xususiy avtomashina garajiga yashirilgan 9,04 kg opiy ekstraksiyasi aniqlangan.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Samarqanddagi tezkor tadbirda kontrabanda yo‘li bilan olib kelinayotgan katta miqdordagi narkotiklar to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuzatuv ostida bo‘lgan Urgut tumanida yashovchi 1989 va 1992-yilda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasining Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan umumiy og‘irligi 14,766 kg “opiy” va 14,958 kg “gashish” moddalarini olib, davlat chegarasini qoidabuzarlik bilan O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

 

Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Bundan tashqari, Samarqand shahridagi “Orzu” MFY hududidagi xususiy avtomashina garaji ham tekshirilganda maxsus tayyorlangan xufiya joydan marmar toshlar orasiga yashirilgan 9,04 kg opiy ekstraksiyasi aniqlangan. 

 

Qayd etilishicha Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan ish qo‘zg‘atilib, garaj egasini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

 

Mazkur jinoyatlar uchun qonunchilikda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi | Zamon.uz