O'zbekiston

Samarqandga yana 150 ta elektrobus olib kelinadi

Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 120 million dollar mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan.

Samarqandga yana 150 ta elektrobus olib kelinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida jamoat transporti uchun olib kelingan zamonaviy elektrobuslar va quvvatlash stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarining 2023-yil 17-fevralda qabul qilingan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida hududlarda ham avtotransport xizmatlari yaxshilanib, jamoat transporti yo‘nalishlari kengaytirilmoqda.

 

Bunda avtobus parklarini zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, yo‘nalishlar bo‘ylab ekologik toza avtotransport qatnovini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayni maqsadlarda Samarqand shahriga birinchi bosqichda 49 million dollar hisobiga 100 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi. Mazkur “Yutong” rusumli elektrobuslar 30 o‘rinli bo‘lib, umumiy sig‘imi 75 nafar yo‘lovchidan iborat.

 

Yangi avtobuslar uchun 4 gektarga yaqin maydonda avtosaroy tashkil etilib, bu yerdagi elektrobuslarni quvvatlash stansiyasida bir vaqtning o‘zida 50 ta jamoat transportiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

 

Shuningdek, elektrobuslar uchun barpo etilgan yopiq turargohda texnik xizmat ko‘rsatish uchun mobil ta’mirlash texnikasi ham mavjud. Elektrobuslar shaharning 9 ta yo‘nalishida brutto-shartnoma asosida harakatlanib, kuniga 70 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Loyihaning ikkinchi bosqichida esa yana 150 ta elektrobus xarid qilish nazarda tutilgan. Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 120 million dollar mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan. Natijada yoqilg‘i sarfi 32 ming litr, zararli gazlar miqdori 27 tonnaga kamayadi.

 

Bugungi kunda avtosaroyda 265 nafar xodim mehnat qilmoqda. Yangi elektrobuslarning olib kelinishi jarayonida esa yana 500 dan ziyod ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Prezident yangi avtobuslarni ko‘zdan kechirdi.

 

“Mazkur sohaning iqtisodiy barqarorligini oshirish uchun elektrobuslarga xizmat ko‘rsatadigan, ularni ta’mirlaydigan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Samarqand tajribasini yaratishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu yerning o‘zida Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, avtobuslar harakatini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

 

Prezident tashrif davomida mazkur hududga yondosh bo‘lgan Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan yo‘l o‘tkazgichni ham ko‘zdan kechirdi.

 

Uzunligi 600 metrni tashkil etgan tunnel 12 million dollar hisobiga barpo etilgan, bir kunda o‘rtacha 50 mingta transport vositasini o‘tkazishi mumkin.

 

“Ko‘cha bo‘ylariga elektron shaklda boshqariladigan tungi yoritish tizimi, yer osti piyodalar yo‘lagi barpo etilgan. Tunnel Xitoy va Turkiya qurilish kompaniyalari bilan hamkorlikda barpo etildi. Devorlari zamonaviy qurilish texnologiyasidan foydalangan holda burg‘ilash usuli orqali tirgak devorlari qurilgan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandga yana 150 ta elektrobus olib kelinadi | Zamon.uz