O'zbekiston

Samarqandga yil yakuniga qadar 6 million sayyoh jalb qilish maqsadi qo‘yildi

Prezident raisligida Narpayda Samarqand viloyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Samarqandga yil yakuniga qadar 6 million sayyoh jalb qilish maqsadi qo‘yildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyatining Narpay tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari barcha ishtirokchilarni kirib kelayotgan muborak Ramazon hayiti hamda qutlug‘ ayyom – Navro‘zi olam bilan samimiy tabrikladi.

 

Ta’kidlanishicha, Samarqandga so‘nggi tashrifdan keyingi to‘rt oy davomida mamlakat hayotida muhim voqealar yuz berdi. Xususan, shu hafta Olmaliq shahrida uchinchi mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi, poytaxt Toshkent shahrida Markaziy Osiyo uchun muhim ilmiy-ma’naviy maskan — O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi.

 

Shuningdek, Payariq tumanida buyuk muhaddis Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

 

Davlat rahbari mamlakat qudratini oshirish va har bir inson hayotini yaxshilash yo‘lida katta maqsadlar qo‘yilganini, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar esa buning mustahkam asosini yaratayotganini ta’kidladi.

 

Yig‘ilishda Samarqand viloyati ishsizlikni kamaytirish, kambag‘allikni qisqartirish, investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirish kabi barcha yo‘nalishlarda namunaviy hududga aylanishi zarurligi qayd etildi.

 

Shu maqsadda viloyat mahallalari infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumani uchun qo‘shimcha 50 million dollar ajratildi. Umuman olganda, viloyatni rivojlantirish uchun turli manbalar hisobidan 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda.

 

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit resurslari uchun yana 18 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.

 

Mazkur mablag‘lar avvalo tumanlarda ishsizlik va kambag‘allikni kamaytirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga hamda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi.

 

Yig‘ilishda hududlarning sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi salohiyatini chuqur tahlil qilish, mavjud resurslarni aniqlash hamda sun’iy intellekt asosida mahallalar imkoniyatlarini baholab, har bir tumanning alohida rivojlanish modelini ishlab chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shu asosda tuman hokimlari, mahalla yettiligi va mahalla bankirlari resurslarni eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan hamda budjet tushumlarini oshiradigan loyihalarga yo‘naltirishi kerakligi qayd etildi. Ushbu tizim 1-mayga qadar Narpay tumani va Termiz tumanlarida sinov tariqasida joriy qilinib, keyinchalik butun respublika bo‘yicha tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

 

Yig‘ilishda viloyat oldida 9 foizlik iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yalpi hududiy mahsulot hajmini 144 trillion so‘mdan oshirish, 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish va eksportni 1,2 milliard dollarga yetkazish vazifasi turgani qayd etildi.

 

Shuningdek, 100 ming nafar aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 31 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish hamda viloyatni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish vazifalari belgilandi.

 

Yig‘ilish davomida Narpay tumani, Qo‘shrabot tumani, Kattaqo‘rg‘on va Paxtachi tumani misolida hududlarning mavjud imkoniyatlari hamda foydalanilmayotgan salohiyati tahlil qilindi.

 

Mazkur hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun alohida dastur qabul qilinib, 1 trillion 200 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Mablag‘ning 800 milliard so‘mi sanoat loyihalari infratuzilmasini rivojlantirishga, qolgan qismi esa yo‘l, suv va elektr ta’minotini yaxshilash hamda servis loyihalariga yo‘naltiriladi.

 

Bundan tashqari, joriy yilda Samarqand viloyatiga 500 ta elektrobus olib kelish choralarini ko‘rish topshirildi.

 

Qishloq xo‘jaligi sohasida yaylovlarni rivojlantirish, chorvachilikni qo‘llab-quvvatlash va baliqchilik xo‘jaliklari uchun imtiyozli kreditlar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, chorva naslchiligini rivojlantirish uchun 10 yil muddatga 12 foizli kredit ajratilishi belgilandi.

 

Turizm sohasini rivojlantirish ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. Xalqaro turizm bozoridagi noaniqliklar sharoitida O‘zbekistonni xavfsiz turistik yo‘nalish sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya boshlanishi ma’lum qilindi.

 

Aprel-iyun oylarini qamrab olgan holda “O‘zbekistonda ochiq turizm mavsumi” e’lon qilinib, yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi, xorijiy sayyohlarni jalb qilgan aviakompaniyalarga subsidiya va chegirmalar berilishi belgilandi.

 

Yil yakuniga qadar Samarqandga 6 million sayyoh jalb qilish maqsadi qo‘yildi.

 

Yig‘ilish yakunida viloyat va tuman rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandga yil yakuniga qadar 6 million sayyoh jalb qilish maqsadi qo‘yildi | Zamon.uz