O'zbekiston

Surxondaryoda qarz mojarosi ortidan IIB xodimlari va fuqarolar to‘qnashuvi bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoga oydinlik kiritildi.

Surxondaryoda qarz mojarosi ortidan IIB xodimlari va fuqarolar to‘qnashuvi bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryoda qarzdorlik mojarosi: ichki ishlar xodimlari va fuqarolar to‘qnashuvi” nomi bilan tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2-fevral kuni Muzrabot tumani “Mehnatobod” mahallasida yashovchi R.R. ismli ayolning uyiga 6 nafar erkak kelib, qarzga berilgan pullarini talab qilib, manzilda janjal chiqarishgan hamda jamoat tartibi va fuqarolarning tinchligini buzishgan. Ayol O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi bilan ayblanuvchi deb topilgan.

 

Chaqiruv asosida voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektorlari tomonidan janjal qilayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. 

 

Holatni rasmiylashtirish maqsadida fuqarolarni tuman IIBga olib ketish jarayonida, ulardan biri bo‘lgan Ch.X. xodimlarga keskin qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektori kapitan R. Choriyevning yuz qismiga boshi bilan zarba bergan. Javobgarlikdan qutulish maqsadida, Ch.X. o‘zini hushini yo‘qotganday ko‘rsatib olgan.

 

Ch.X. kasalxonaga olib borilib, sog‘lig‘ini tekshirish jarayonida, uning farzandi 2008-yilda tug‘ilgan M.X. yetib kelib, profilaktika inspektori mayor E.Azamovga to‘satdan xujum qilgan vaqtida, xodim tomonidan jismoniy kuch ishlatib, to‘xtatilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro Ch.X.ga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, uning voyaga yetmagan o‘g‘li M.X.ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tilxat ehtiyot chorasi belgilangan.

 

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki ularga qarshilik ko‘rsatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryoda qarz mojarosi ortidan IIB xodimlari va fuqarolar to‘qnashuvi bo‘lgani aytilmoqda | Zamon.uz