O'zbekiston

Toshkentda qalbaki hujjatlar orqali ijara uylarni sotgan jinoiy guruh aniqlandi

Besh nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda qalbaki hujjatlar orqali ijara uylarni sotgan jinoiy guruh aniqlandi

O'zbekiston hududlarida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida firibgarlik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, call-markaz ishonch telefonlariga kelib tushgan tezkor ma’lumot asosida Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada besh nafar shaxsdan iborat guruh ijaraga olingan uylarni qalbaki hujjatlar orqali boshqa fuqarolarga sotib kelgani aniqlangan.

 

Tergovga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik), 169 (o‘g‘rilik) va 228-moddalari (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan sudlangan bo‘lishiga qaramay, jinoiy faoliyatini davom ettirgan. U yana to‘rt nafar — 1980, 1997, 1994 va 2000-yillarda tug‘ilgan shaxslarni o‘ziga sherik qilgan.

 

Guruh a’zolari Toshkent shahrida fuqarolarga tegishli uylarni ijaraga olib, uy egasidan yashirin ravishda hujjatlarni soxtalashtirgan holda ularni boshqa shaxslarga sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Tezkor tadbir davomida ular Mirobod tumanidagi Nukus ko‘chasida joylashgan, umumiy maydoni 95 kvadrat metr bo‘lgan xonadonni har kvadrat metri 1300 AQSh dollaridan sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Keyinchalik Yakkasaroy tumanidagi notarial idorada oldi-sotdi hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida 110 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda qalbaki hujjatlar orqali ijara uylarni sotgan jinoiy guruh aniqlandi | Zamon.uz