Jahon

Afg‘onistonda bir yil ichida OAVga bosimning 200 dan ortiq holati qayd etildi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 20 foizdan ortiq oshgan.

Afg‘onistonda bir yil ichida OAVga bosimning 200 dan ortiq holati qayd etildi

Afg‘onistonda 2025-yilda ommaviy axborot vositalari erkinligini buzish va jurnalistlarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq 207 ta holat qayd etildi. Bu haqda Tolo news Afg‘oniston Jurnalistlar Markazining yillik hisobotiga tayanib xabar bermoqda.

 

Hisobot mamlakatda nishonlanadigan Milliy jurnalistlar kuni munosabati bilan e’lon qilingan. Unda Afg‘onistondagi so‘z erkinligi va jurnalistlar faoliyati bilan bog‘liq vaziyat tahlil qilingan.

 

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, qayd etilgan holatlar orasida ikki nafar jurnalistning o‘ldirilishi, yana bir jurnalistning jarohatlanishi, OAV vakillari va tahririyat xodimlariga nisbatan 183 ta tahdid, shuningdek jurnalistlar hamda OAV faollarining hibsga olinishi bilan bog‘liq 21 ta holat mavjud.

 

Hisobotda ta’kidlanishicha, 2024-yilga nisbatan bunday hodisalar soni 20 foizdan ortiq oshgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Afg‘onistonda bir yil ichida OAVga bosimning 200 dan ortiq holati qayd etildi | Zamon.uz