O'zbekiston

AQSh davlat qarzi tarixda ilk bor 39 trillion dollardan oshdi

Bu har bir amerikalik hisobiga o‘rtacha 114 ming dollardan ortiq qarz to‘g‘ri kelmoqda.

AQSh davlat qarzi tarixda ilk bor 39 trillion dollardan oshdi

AQSh davlat qarzi tarixda ilk bor 39 trillion dollardan oshdi. Bu haqda TASS agentligi AQSh Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, AQShning umumiy davlat qarzi hozirda 39,03 trillion dollarni tashkil etmoqda. Bu har bir fuqaro hisobiga o‘rtacha 114 ming dollardan ortiq qarz to‘g‘ri kelishini anglatadi. Mazkur ko‘rsatkich mamlakat tarixidagi eng yuqori daraja hisoblanadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil oktabr oyida AQSh davlat qarzi ilk bor 38 trillion dollardan oshgan edi.

 

Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, kelgusi o‘n yil ichida AQShning davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 120 foiziga yetishi mumkin. Bu esa federal hukumat qarzi butun iqtisodiyotning yillik ishlab chiqarish hajmidan ham ortib ketishini anglatadi.

 

Shuningdek, Vashington har yili davlat qarzi bo‘yicha foiz to‘lovlariga qariyb 970 milliard dollar sarflamoqda. Bu ko‘rsatkich ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra harbiy xarajatlardan ham yuqori bo‘lib, 2020-yildan buyon uch baravarga oshgan.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qarzning yuqori darajasi federal hukumatni foiz to‘lovlariga ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur qiladi. Bu esa infratuzilma, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy dasturlar uchun ajratiladigan mablag‘larning qisqarishiga olib kelishi mumkin.

 

Mutaxassislarning fikricha, federal byudjet siyosatini qayta ko‘rib chiqish va ortiqcha xarajatlarni qisqartirish orqali AQSh byudjetini o‘n yil ichida muvozanatlashtirish imkoniyati mavjud.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

AQSh davlat qarzi tarixda ilk bor 39 trillion dollardan oshdi | Zamon.uz