Jahon

AQSh fuqarolarini Saudiya Arabistonini tark etishga chaqirdi

Saudiya Arabistoni havo maydoni hozircha ochiqligicha qolmoqda.

AQSh fuqarolarini Saudiya Arabistonini tark etishga chaqirdi

AQSh elchixonasi Ar-Riyodda mamlakatdagi Saudiya Arabistoni hududida bo‘lib turgan AQSh fuqarolarini imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi.

 

Elchixona tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, fuqarolarga xavfsizlik sharoiti imkon bersa, mamlakatni tijorat aviatsiya reyslari orqali tark etish tavsiya etilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni havo hududi hozircha ochiqligicha qolmoqda. Biroq mintaqada raketa va dron hujumlari tahdidi mavjudligi sababli ayrim cheklovlar tez-tez joriy etilishi mumkin.

 

Ar-Riyoddagi AQSh diplomatik vakolatxonasi ushbu tavsiyani mintaqadagi xavfsizlik vaziyati keskinlashgani bilan izohladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"