O'zbekiston

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Eron sanksiyalar yengillashtirilmasdan harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi emas.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Times nashrining Eron manbalariga tayanib xabar berishicha, Eron uzoq davom etishi mumkin bo‘lgan harbiy qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Tehron rasmiylari yuzaga kelgan mojaroni mamlakat uchun mavjudlik darajasidagi tahdid sifatida baholamoqda. Shu sababli Eron tomoni AQSh va Isroil kelajakda yana harbiy zarbalar bermasligi bo‘yicha qat’iy xavfsizlik kafolatlari taqdim etilishini talab qilmoqda.

 

Eron rasmiylari, shuningdek, xalqaro sanksiyalar yengillashtirilmasdan turib harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga borishdan manfaatdor emasligini bildirgan. Ularning fikricha, bunday shartlar bo‘lmagan holda tuziladigan har qanday kelishuv kelajakda yangi hujumlarga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Manbalar ta’kidlashicha, Tehron uzoq davom etadigan qarama-qarshilik strategiyasini tanlamoqda hamda ehtimoliy raqiblari uchun kelajakdagi harbiy amaliyotlar narxini oshirishga intilmoqda. Shu bilan birga, mamlakat mojaroning uzoq davom etishi ehtimolini ham istisno qilmayapti.

 

Avvalroq AQSh tomoni harbiy harakatlarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini bildirgan edi. Biroq mutaxassislar mojaroga yakun yasash nafaqat Vashington pozitsiyasiga, balki Tehron ilgari surayotgan shartlarga ham bog‘liq ekanini ta’kidlamoqda.

 

Nashr manbalarining qayd etishicha, harbiy harakatlar intensivligi pasaygan taqdirda ham Eron mintaqadagi bosimni saqlab qolishi mumkin. Jumladan, strategik ahamiyatga ega Hormuz bo‘g‘ozi orqali kema qatnovini cheklash yoki to‘xtatish ehtimoli ham tilga olinmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times | Zamon.uz