O'zbekiston

Hayit va Navroʻz kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun 20 mingdan ortiq xodim safarbar etiladi

2000 dan ortiq masjidda hayit namozlari hamda 200 dan ortiq hududda ommaviy tadbirlar nazorat ostida o‘tkaziladi.

Hayit va Navroʻz kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun 20 mingdan ortiq xodim safarbar etiladi

Ichki ishlar vazirligi Ramazon hayiti va Navroʻz bayramlari munosabati bilan mamlakat bo‘ylab jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli xavfsizlik choralarini joriy etmoqda.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, bayram tadbirlari davomida respublika bo‘ylab 20 mingdan ortiq huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmatga jalb etiladi.

 

Mamlakatdagi 2000 dan ortiq masjidlarda o‘tkaziladigan hayit namozlari hamda yuzlab hududlarda tashkil etiladigan ommaviy bayram tadbirlari maxsus nazorat ostida o‘tkaziladi.

 

Asosiy ommaviy tadbirlar respublika bo‘ylab 200 dan ortiq hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda namozxonlar oqimini tartibga solish, jamoat tartibini saqlash va qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy ishlar olib boriladi.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi va transport logistikasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirlar o‘tkaziladigan hududlar, yo‘llar va yirik bozorlar atrofida qariyb 2500 nafar yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari navbatchilik qiladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda maxsus to‘siqlar o‘rnatilib, 150 metr radiusgacha bo‘lgan hududlarda transport vositalari uchun vaqtinchalik to‘xtash joylari tashkil etiladi.

 

Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yirik tadbir o‘tkaziladigan hududlarda yo‘qolgan bolalarni vaqtincha joylashtirish uchun maxsus xonalar tashkil etiladi. Ushbu maskanlarda huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar hamda psixologlar faoliyat yuritib, ota-onalarni tezkor aniqlash va bolalarni o‘z yaqinlariga yetkazish bo‘yicha yordam ko‘rsatadi.

 

Shuningdek, sayyohlar oqimi yuqori bo‘lishi kutilayotgan Boʻstonliq tumani, Parkent tumani, Zomin tumani hamda Shahrisabz tumani hududlarida ham xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Bundan tashqari, elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti xizmatlari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan. Ichki ishlar organlarining 24 soatlik maxsus guruhlari bayram kunlarida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaziyatni doimiy nazorat qilib boradi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.