Jahon

IIQK Isroildagi 80 ta harbiy obyektga raketa zarbalari yo'lladi

Shuningdek, Eron Saudiya Arabistoni va Qatardagi neft-gaz infratuzilmasiga ham hujum qilgan.

IIQK Isroildagi 80 ta harbiy obyektga raketa zarbalari yo'lladi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Isroildagi 80 ta harbiy nishonga raketa zarbalarini yo‘naltirganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, “Haqiqiy va’daning 4-bosqichi” nomli zarbalarning 63- to‘lqini doirasida Isroilning janubiy va markaziy hududlaridagi, jumladan, Rishon-le-Sion shahriga yaqin joylashgan, shuningdek, Tel-Avivning sharqiy va janubiy hududlaridagi harbiy obyektlar raketa tizimlari va dronlar orqali aniq nishonga olingan.

 

Tun davomida ham  IIQK Kuvayt, BAA va Bahrayndagi AQSH bazalariga ham hujum qilgan.

 

Bundan tashqari Eron Saudiya Arabistoni va Qatardagi neft-gaz infratuzilmasiga kuchli zarbalar berdi.

 

Zarbalardan biri dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz markazlaridan biri hisoblanuvchi Qatarning Ras-Laffan portiga berilgan.

 

Saudiya Arabistoni ham Ar-Riyod tomon uchirilgan to‘rtta ballistik raketa va shaharning sharqidagi gaz inshootiga yo‘naltirikgan dron to‘xtatib, yo‘q qilganini aytdi.

 

Shuningdek, avvalroq Isroil dunyodagi eng yirik gaz resursining bir qismi va Eron energiya ta’minotining ustunlaridan biri bo‘lgan mamlakatdagi Janubiy Pars tabiiy gaz koniga hujum qilgan.

 

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp mazkur hujum kelishilmaganini aytib, Isroilning qayta ushbu konga zarba bermasligini bildirdi.

 

“Eron Qatarga hujum qilishga qaror qilmasa, Isroil tomonidan ushbu o‘ta muhim va qimmatli Janubiy Pars koniga boshqa hujumlar qilinmaydi”, — dedi Tramp.

 

Avvalroq Eron Ali Larijoniyning oldirilganiga javoban Isroilga zarbalarning 61-to‘lqinini yo'llagan edi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

IIQK Isroildagi 80 ta harbiy obyektga raketa zarbalari yo'lladi | Zamon.uz