O'zbekiston

O‘zbekiston mobil raqamlari xorijiy saytlarda onlayn sotilayotgani aytilmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirligi bunga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston mobil raqamlari xorijiy saytlarda onlayn sotilayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning mobil raqamlari xalqaro va norasmiy onlayn-servislarda sotilayotgani aks etgan skrinshotlar tarqaldi. Holat yuzasida Raqamli texnologiyalar vazirligi munosabat bildirdi.

 

Vazirlik bayonotida ko‘rsatilgan virtual raqamlardan telefon raqamlari sifatida foydalanib bo‘lmasligi ma’lum qilingan.

 

Xabarda qayd etilishicha, bunday raqamlar orqali internet xizmatlaridan ham foydalanish imkoni yo‘q.

 

“Shu bilan birga, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini noqonuniy qo‘lga kiritish imkoni mavjud emasligi sababli vahimaga o‘rin yo‘q”, deyiladi vazirlik bayonotida.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro va norasmiy onlayn-servislarda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, BAA, Portugaliya, Vyetnam va boshqa davlatlar virtual raqamlari ham mavjud. Bunday servislardan olingan virtual raqamlardan ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochtalar yoki boshqa platformalarda ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir martalik maxsus kod orqali qisqa muddatga foydalanish mumkin.

 

“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida barcha mobil aloqa operatorlari tarmoqlarida raqamlarni soxtalashtirish holatlarini aniqlash va oldini olish tizimi joriy etilib, doimiy ravishda takomillashtirilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

 

Shuningdek, vazirlik aholiga my.gov.uz portalidagi “Mening raqamlarim” xizmatidan foydalanib, o‘z nomiga rasmiylashtirilgan mobil raqamlarini kuzatib borish mumkinligini eslatdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston mobil raqamlari xorijiy saytlarda onlayn sotilayotgani aytilmoqda | Zamon.uz