O'zbekiston

O‘zbekistonda davlat idoralarida qog‘ozdan foydalanish qisqartiriladi

Xodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqib, qog‘oz sarfiga cheklov joriy etiladi.

O‘zbekistonda davlat idoralarida qog‘ozdan foydalanish qisqartiriladi

O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatida qog‘ozdan foydalanishni qisqartirish va ish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

 

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyungacha davlat idoralarida ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatilib, ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

 

Shuningdek, har bir bo‘linmada xodimlar soni va ish hajmidan kelib chiqib, qog‘oz sarfiga cheklov joriy etiladi.

 

2026-yil 1-maydan boshlab esa respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘oz, siyoh, printer va nusxa ko‘chirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari keyingi 5 yil davomida har yili 15 foizga kamaytirib boriladi.

 

Bundan tashqari, printerlardan markazlashgan holda foydalanish tizimi joriy etilib, ochiq ofislarda har 20 nafar xodim uchun bitta printer ajratiladi.

 

Shu bilan birga, har oyda bir marta “qog‘ozsiz kun” ekologik aksiyasi o‘tkaziladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda davlat idoralarida qog‘ozdan foydalanish qisqartiriladi | Zamon.uz