O'zbekiston

O‘zbekistonning uchta hududda minglab kontrafakt va yaroqsiz dori vositalari fosh etildi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

O‘zbekistonning uchta hududda minglab kontrafakt va yaroqsiz dori vositalari fosh etildi

Namangan, Qashqadaryo va Samarqandda sifat kafolatiga ega bo‘lmagan va kontrafakt dori vositalari muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Kosonsoy tumanida yashovchi uch nafar fuqaro tomonidan mahalliy mahallalar hududida tashkil etilgan uchta “yashirin ombor” fosh etildi. U yerda jami 723 turdagi 57 mingdan ortiq xorijda ishlab chiqarilgan, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan hamda ayrimlarining yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari saqlangani aniqlandi. Barcha mahsulotlar protsessual tartibda olib qo‘yildi.

 

Shuningdek, Qarshi tumanida 1965-yilda tug‘ilgan shaxs o‘z uyida litsenziyasiz dorixona tashkil etgani ma’lum bo‘ldi. U yerda 82 turdagi 1500 dan ortiq hujjatsiz dori vositalari noqonuniy ravishda sotilayotgani qayd etildi.

 

Samarqand shahrida esa ijaraga olingan omborxonada 225 turdagi 14 mingdan ziyod iste’molga yaroqsiz dori vositalari sotish maqsadida saqlanayotgani fosh qilindi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan olib qo‘yilgan dori vositalari ekspertizaga yuborilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonning uchta hududda minglab kontrafakt va yaroqsiz dori vositalari fosh etildi | Zamon.uz