Jahon

Pentagon Eronga qarshi urush uchun 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘ramoqda

Urushdan oldin Donlad Tramp mudofaa byudjeti uchun  1,5 trillion dollar ajratishni taklif qilgan edi.

Pentagon Eronga qarshi urush uchun 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ so‘ramoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Eron bilan urushni moliyalashtirish maqsadida Oq uyga 200 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha byudjet paketini Kongressga tasdiqlashni so‘rab topshirdi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, taklif qilingan mablag‘ hozirgi havo hujumlari xarajatlaridan ancha yuqori bo‘lib, urushda ishlatiladigan muhim qurollar ishlab chiqarilishini oshirishga qaratilgan. So‘nggi uch hafta davomida AQSH va Isroil kuchlari minglab nishonlarga zarba bergani sababli o‘q-dori zaxirasi sezilarli kamaygan.

 

Nashr bilan suhbatlashgan ayrim amerikalik amaldorlar Pentagonning bunday so‘rovi Kongressda tasdiqlanish uchun real imkoniyatlarga ega emasligini ta’kidlagan. 

 

Washington Postga tayanib xabar bergan TRTWorld ushbu so‘rov Kongressda siyosiy bahslarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan.

 

"Demokratlar urushni tanqid qilmoqda, respublikachilar qo‘shimcha moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlanmoqda", deyiladi xabarda.

 

Hatto urushdan oldin ham Tramp mudofaa byudjeti uchun  1,5 trillion dollar ajratishni taklif qilgan, bu esa Oq uyning Boshqaruv va byudjet idorasi ichida e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.

 

Shuningdek, Eron urushi uchun dastlabki olti kundayoq 11 milliard dollar xarajat qilingan edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"