O'zbekiston

Prezident farmoni bilan 392 nafar mahkum afv etildi

Afv etilganlar orasida 3 nafar xorij fuqarosi, 26 nafar ayol, 166 nafar yoshlar hamda 24 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan shaxslar bor.

Prezident farmoni bilan 392 nafar mahkum afv etildi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami arafasida bir guruh mahkumlarni afv etish to‘g‘risidagi farmon imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosati doirasida qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq 392 nafar shaxs afv etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, afv etilganlarning 223 nafari jazodan to‘liq ozod etilgan, 82 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan. 

 

Shuningdek, 34 nafar shaxsning jazosi yengilroq turiga almashtirilgan, 53 nafar mahkumning jazo muddati qisqartirilgan.

 

Afv etilganlar orasida 3 nafar chet el fuqarosi, 26 nafar ayol, 14 nafar 60 yoshdan oshgan shaxslar, 166 nafar yoshlar hamda 24 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etganlar bor.

 

Mas’ul idoralarga afv etilgan shaxslarni jamiyatga moslashtirish, ularni ish bilan ta’minlash va sog‘lom turmush tarziga qaytarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.