Jahon

Rossiyada patent tizimi bekor qilinishi mumkin

Migrantlarga faqat rotatsiya asosida ishlashga ruxsat berish taklif qilindi.

Rossiyada patent tizimi bekor qilinishi mumkin

 

Rossiyada mehnat migrantlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan yangi takliflar ilgari surildi. Sergey Mironov migrantlarga mamlakat hududida faqat rotatsiya (smenali) asosida ishlashga ruxsat berishni taklif qildi.

 

Adolatli Rossiya partiyasi yetakchisining TASS agentligiga ma’lum qilishicha, amaldagi patent tizimini bekor qilib, xorijiy fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha aniq va qat’iy qoidalarni joriy etish zarur.

 

Mironovning ta’kidlashicha, xorijiy ishchilar Rossiyaga faqat aniq bir ish beruvchi bilan tuzilgan yangi mehnat shartnomasi asosida kelishi kerak. Unga ko‘ra, migrantlar boshqa tashkilotlarga o‘tishi yoki boshqa hududlarga ko‘chib ishlashi cheklanishi lozim.

 

Shuningdek, siyosatchi xorijiy fuqarolarga Rossiyaga oila a’zolarisiz kelishga ruxsat berilishi kerakligini bildirib, agar qonun buzilsa, migrant bilan birga uning oilasi ham mamlakatdan chiqarilishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Mironov migrantlar oqimini kamaytirish maqsadida “ommaviy import” amaliyotini to‘xtatish zarurligini ham qayd etdi.

 

Ayni paytda Rossiya Davlat Dumasi 18-mart kuni migrantlar uchun qo‘shimcha talablarni nazarda tutuvchi hukumat qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Ushbu tashabbus migrantlarning daromadlarini nazorat qilish, shuningdek vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va doimiy yashash ruxsatnomalarini bekor qilish asoslarini kengaytirishni ham o‘z ichiga oladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada patent tizimi bekor qilinishi mumkin | Zamon.uz