Jahon

“Sabrimizning chegarasi bor”: Saudiya Arabistoni Eronni ogohlantirdi

Vazir Saudiya va uning ittifoqchilari zarur bo‘lsa, Eronga qarshi hujumga tayyorligini bildirdi.

“Sabrimizning chegarasi bor”: Saudiya Arabistoni Eronni ogohlantirdi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Ol Saud Eronni Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi hujumlarni to‘xtatishga chaqirib, mintaqa mamlakatlarining sabri cheklanganini aytdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Vazirning ta’kidlashicha, Eron tomonidan amalga oshirilayotgan zarbalar oldindan puxta rejalashtirilgan bo‘lib, Saudiya va uning ittifoqchilari zarur bo‘lsa, kuchli harbiy salohiyatidan foydalanishga tayyor. 

 

U qaysi holatda javob berilishi haqida aniq ma’lumot bermadi. Biroq Tehron buni jiddiy ogohlantirish sifatida qabul qilishi kerakligini qayd etdi.

 

Mazkur bayonot Saudiya poytaxtida arab va islom davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng yangradi. Unda mintaqadagi urushning kengayib borayotgani va xavfsizlikka tahdidlar muhokama qilindi.

 

Avvalroq Eron Fors ko‘rfazidagi energetika obyektlariga, jumladan, Ras Laffan sanoat shaharchasi hamda BAAning gaz infratuzilmalariga zarba bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bu hujumlarni Isroilning Janubiy Pars gaz koniga qilgan zarbasiga javob sifatida izohlagan.

 

Saudiya tomoni, shuningdek, havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali Eron tomonidan uchirilgan raketalar yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, hatto urush yakunlangan taqdirda ham Eron bilan munosabatlarni tiklash uzoq vaqt talab etadi. Saudiya tashqi ishlar vaziri ishonch deyarli butunlay yo‘qolganini bildirib, Tehronni vaziyatni keskinlashtirmasdan, zudlik bilan o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Sabrimizning chegarasi bor”: Saudiya Arabistoni Eronni ogohlantirdi | Zamon.uz