O'zbekiston

Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan yakunlanadi

Ob-havo sharoiti va issiqlik ta’minoti tizimlarining faoliyati doimiy kuzatib boriladi hamda zarurat tug‘ilganda tezkor chora ko‘riladi.

Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan yakunlanadi

Toshkentda barqaror iliq bahor ob-havosi kuzatilayotgani sababli isitish mavsumi bosqichma-bosqich yakunlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, isitish mavsumini yakunlash 24-martdan boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunday yondashuv turar joy binolarida haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi hamda muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlaydi.

 

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida kelgusi bayram kunlari issiqlik ta’minoti saqlab qolinadi. 

 

Xabarga ko‘ra, bu qaror kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Aholi bayram kunlarini xavfsiz va qulay oila davrasida o‘tkazishi uchun barcha choralar ko‘rilgan.

 

Shu bilan birga, ob-havo sharoiti va issiqlik ta’minoti tizimlarining faoliyati doimiy kuzatib boriladi hamda zarurat tug‘ilganda tezkor chora ko‘rish uchun shay holat ta’minlanadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan yakunlanadi | Zamon.uz