Jahon

Turkiyada O‘zbekistonlik ayolga jinsiy tajovuz qilgan ikki yigit qamoqqa olindi

Gumonlanuvchilar 24 va 25 yoshli qurilish ishchilari bo‘lib, holat sud nazoratiga olingan.

Turkiyada O‘zbekistonlik ayolga jinsiy tajovuz qilgan ikki yigit qamoqqa olindi

Turkiyaning Bodrum shahrida huquqni muhofaza qilish organlari 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosini zo‘rlash va talonchilik qilishda gumon qilinayotgan ikki kishini qo‘lga oldi. Gumonlanuvchilar 24 va 25 yoshli qurilish ishchilari bo‘lib, dastlabki tergov jarayonida ularning shaxsi va joylashuvi aniqlangan. Sud hibsga olish iltimosnomasini qondirib, erkaklar sud nazorati ostiga olingan.

 

Hodisa Yalikavak tumanining Gokchebel mahallasida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi yo‘l chetida turganida, unga yoniga mashina kelib to‘xtagan va Turkbuku mahallasiga olib borib qoʻyishi bildirgan. Yo‘lda haydovchi yo‘nalishni o‘zgartirib, nashinani qurilish maydonchasi tomon haydagan. Jabrlanuvchi bino ichiga sudrab olib kirilgan va u yerda jismoniy zo‘ravonlik va jinsiy tajovuzga duchor bo‘lgan.

Shuningdek, uning sumkasi, naqd puli va uyali telefoni o‘g‘irlangan.

 

Ayol jarohatlari va shok holatiga qaramay, yaqin atrofdagi turar-joy binolariga yetib borib, mahalliy aholidan yordam so‘ragan.

 

Hozirda jabrlanuvchi Bodrum davlat kasalxonasida tibbiy va psixologik yordam olmoqda. Hodisa mahalliy inson huquqlari tashkilotlari tomonidan nazorat qilinmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada O‘zbekistonlik ayolga jinsiy tajovuz qilgan ikki yigit qamoqqa olindi | Zamon.uz