Jahon

AQShning Eronga qarshi operatsiyasi xarajatlari 25 milliard dollardan oshdi

Oq uy avvalroq operatsiya qiymatini 12 milliard dollar deb baholagan edi.

AQShning Eronga qarshi operatsiyasi xarajatlari 25 milliard dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyasi uchun sarflangan xarajatlar 25 milliard dollardan oshgani ma’lum qilindi.

 

Harbiy xarajatlarni kuzatib boruvchi ixtisoslashgan onlayn platforma — Iran War Cost Tracker tomonidan e’lon qilingan yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning ushbu harbiy kampaniyasi uchun sarflangan umumiy mablag‘ allaqachon 25 milliard dollardan ortgan.

 

Portal mualliflari hisob-kitoblar Pentagon tomonidan AQSh Kongressiga taqdim etilgan rasmiy hisobotlarga asoslanganini ta’kidlagan. Mazkur hujjatlarga ko‘ra, jangovar harakatlarning dastlabki olti kunining o‘zi AQSh byudjetiga taxminan 11,3 milliard dollarga tushgan.

 

Shuningdek, portal hisob-kitoblariga ko‘ra, operatsiyani davom ettirish uchun kunlik xarajatlar o‘rtacha 1 milliard dollarni tashkil etmoqda. Natijada real vaqt rejimidagi hisoblagich harbiy kampaniya AQSh soliq to‘lovchilariga har soniyada qariyb 11,5 ming dollarga tushayotganini ko‘rsatmoqda.

 

Avvalroq Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi raisi boshqa raqamlarni keltirgan edi. Uning ma’lum qilishicha, 16-mart holatiga ko‘ra Eron operatsiyasining umumiy qiymati 12 milliard dollar atrofida bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlangan edi. Hujumlar davomida mamlakatning yirik shaharlari, jumladan Tehron ham nishonga olingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShning Eronga qarshi operatsiyasi xarajatlari 25 milliard dollardan oshdi | Zamon.uz