Jahon

Qirgʻizistonlik qori Qurʼon tilovati boʻyicha yana jahon chempioni bo‘ldi

Tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan minglab ishtirokchilar qatnashib, finalga 64 nafar qori yetib borgan.

Qirgʻizistonlik qori Qurʼon tilovati boʻyicha yana jahon chempioni bo‘ldi

Qirgʻizistonlik Qurʼon qorisi Muhammadali Qori Umarov xalqaro Qurʼon tilovati musobaqasida yana bir bor birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Qirgʻiziston musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, tanlov 17-mart kuni Jidda shahrida, Saudiya Arabistoni hududida oʻtkazilgan. Musobaqa yakuniga koʻra, Muhammadali Qori Umarov birinchi oʻrinni egallab, 50 ming Saudiya riali (taxminan 13 ming AQSh dollari) miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi.

 

Tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan oʻn mingga yaqin ishtirokchi qatnashish uchun ariza topshirgan. Ulardan 2 ming nafari saralab olinib, musobaqada qatnashgan. Sakkiz kun davom etgan bahslar natijasida 64 nafar ishtirokchi final bosqichiga yoʻl olgan.

 

Musobaqaning asosiy talablari Qurʼonni toʻliq yod olish hamda tajvid qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda qiroat qilishdan iborat bo‘lgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:

 

1-o‘rin — Qirgʻiziston

2-o‘rin — AQSh

3-o‘rin — Misr

4-o‘rin — Suriya

5-o‘rin — Shvetsiya

 

Gʻolib o‘z chiqishida yana bir bor xalqaro miqyosda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritganidan mamnunligini bildirib, u erishilgan natijada Qirgʻiziston xalqining qoʻllab-quvvatlashi va duolari katta ahamiyatga ega bo‘lganini qayd etgan.

 

Maʼlumot uchun, Muhammadali Qori Umarov hozirda Madina Islom universiteti Qurʼon fakultetining toʻrtinchi kurs talabasi hisoblanadi.

 

Avvalroq, 2022-yil 22-sentabr kuni Makka shahrida 111 mamlakat vakillari ishtirok etgan Butunjahon Qurʼon tilovati va tafsiri musobaqasida ham u gʻoliblikni qoʻlga kiritib, 250 ming rial mukofotga sazovor bo‘lgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.