O'zbekiston

Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev hayit namozini ado etdi

Sobiq Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Tashiyev noto‘g‘ri xatti-harakatlari uchun uzr so‘radi.

Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev hayit namozini ado etdi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyev 20-mart kuni hayit namozini ado etdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Sadir Japarov Bishkek shahridagi Eski maydonda 30 mingdan ortiq odam ishtirok etgan namozni o‘tkazdi. Maydon atrofida jamoat tartibini ta’minlash maqsadida militsiya xodimlari va shifokorlar navbatchilik qilgan. Prezident tabrigida Ramazon oyining ma’naviy ahamiyati ta’kidlandi va dunyo bo‘ylab tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga umid bildirildi.

 

Qamchibek Tashiyev esa “Jal” mikrorayonida o‘tkazilgan hayit namozida ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uning yonida O‘sh shahrining sobiq meri Jenishbek Toktorbayev ham ko‘ringan. Namozdan so‘ng Tashiyev barcha aholini Ramazon hayiti bilan tabriklagan va noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilgan boʻlsa uzr so‘rashini bildirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Qamchibek Tashiyev Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod qilingan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Sadir Japarov va Qamchibek Tashiyev hayit namozini ado etdi | Zamon.uz