Jahon

AQSh Eron hududiga qo‘shin kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — CBS News

Manbalarga ko‘ra, harbiylar ehtimoliy operatsiya vaqtida Eron askarlarini qo‘lga olish va ularni qayerga joylashtirish masalalarini ham muhokama qilgan.

AQSh Eron hududiga qo‘shin kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — CBS News

Pentagon AQSh quruqlik qo‘shinlarini Eronga yuborish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda CBS News manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Manbalarning bildirishicha, harbiy qo‘mondonlar Prezident Donald Tramp ko‘rib chiqayotgan ehtimoliy qarorlar uchun aniq takliflar tayyorlagan. Trampning o‘zi ham bu masalani muhokama qilgan, biroq qanday sharoitda qo‘shin yuborilishi hozircha noma’lum.

 

Payshanba kuni u jurnalistlarga: “Men hech qayerga qo‘shin yubormayman, agar yuborsam ham, bu haqda aytmagan bo‘lardim”, — degan.

 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi bu boradagi savollarni Oq uy va Pentagonga yo‘naltirdi.

 

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning aytishicha, Pentagon prezident uchun turli variantlarni tayyorlaydi, ammo bu hali qaror qabul qilinganini anglatmaydi. Hozircha qo‘shin yuborish rejalashtirilmagan.

 

Manbalarga ko‘ra, harbiylar ehtimoliy operatsiya vaqtida Eron askarlarini qo‘lga olish va ularni qayerga joylashtirish masalalarini ham muhokama qilgan.

 

Shu bilan birga, AQSh 82-havo-desant diviziyasining ayrim qismlarini Yaqin Sharqqa yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Rejalarda tezkor harbiy kuchlar va dengiz piyodalari bo‘linmalari ham bor.

 

“Hozirda minglab dengiz piyodalari mintaqaga yo‘naltirilmoqda. Hafta boshida Kaliforniyadan uchta harbiy kema va taxminan 2 200 nafar harbiy jo‘nab ketgan. Bu urush boshlanganidan beri yuborilgan ikkinchi shunday bo‘linma bo‘lib, yetib borishi bir necha hafta vaqt oladi”, deyiladi xabarda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh Eron hududiga qo‘shin kiritishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — CBS News | Zamon.uz