O'zbekiston

Barchangizga tinchlik, xayr-u baraka va farovon hayot tilayman — Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari o‘zbekistonliklarni Navro‘z bilan tabrikladi.

Barchangizga tinchlik, xayr-u baraka va farovon hayot tilayman — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrikladi.

 

Tabrikda Navro‘z avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, insonlar qalbiga nur, shodlik va yangilanish ruhini olib kiradigan qutlug‘ ayyom ekani ta’kidlangan.

 

Shuningdek, ushbu bayram an’analarga hurmat, ona zaminga mehr, tinchlik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik kabi azaliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etishi qayd etilgan.

 

“Bahor xonadoningizga baxt-saodat, to‘kinlik va ijobiy o‘zgarishlar olib kelsin. Yaqinlaringiz doimo yoningizda bo‘lsin, qalbingiz umid, shukronalik va mehr-muhabbatga to‘lsin”, deyiladi tabrikda.

 

Tabrik yakunida Saida Mirziyoyeva barchaga tinchlik, xayr-u baraka va farovon hayot va bayram barchaga quvonch va xotirjamlik olib kelishini tilagan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Barchangizga tinchlik, xayr-u baraka va farovon hayot tilayman — Saida Mirziyoyeva | Zamon.uz