Jahon

Eron zarbalari AQSh harbiy bazalariga 800 mln dollar zarar yetkazdi — BBC

Zararning katta qismi THAAD tizimi va radar qurilmalariga to‘g‘ri kelgan.

Eron zarbalari AQSh harbiy bazalariga 800 mln dollar zarar yetkazdi — BBC

BBC tahliliga ko‘ra, Eron tomonidan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga berilgan zarbalar dastlabki 14 kunlik harbiy harakatlar davomida taxminan 800 million dollar miqdorida zarar yetkazgan.

 

Hisobotda qayd etilishicha, zararlarning asosiy qismi Eron tomonidan harbiy harakatlarning birinchi haftasida amalga oshirilgan javob zarbalari natijasida yuzaga kelgan. Nishonlar qatorida Iordaniya hududidagi aviabazada joylashgan Terminal High Altitude Area Defense (THAAD) raketaga qarshi mudofaa tizimi hamda AN/TPY-2 radar tizimi bo‘lgan. Tahlilga ko‘ra, AN/TPY-2 radar tizimining qiymati taxminan 485 million dollarni tashkil etadi.

 

Shuningdek, zarbalar Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalarining binolari va infratuzilmasiga ham zarar yetkazgan bo‘lib, uning qiymati qariyb 310 million dollarga baholanmoqda.

 

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili Eron kamida uchta AQSh aviabazasiga bir necha bor zarba berganini ko‘rsatgan. Bular — Ali al‑Salim aviabazasi (Quvayt), Al‑Udeid aviabazasi (Qatar) hamda Prince Sultan aviabazasi (Saudiya Arabistoni).

 

BBCga ko‘ra, takroriy zarbalar Eronning asosiy harbiy nishonlarni aniq mo‘ljalga olgan holda hujum qilganini ko‘rsatadi.

 

Avvalroq Pentagon rasmiylari senatorlar bilan yopiq brifing chog‘ida urushning dastlabki olti kunida AQSh kamida 11,3 milliard dollar sarflaganini ma’lum qilgan. ABC News xabariga ko‘ra, dastlabki ikki kunning o‘zida o‘q-dorilar uchun 5,6 milliard dollar sarflangan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.